2022-yilning 24-27-oktabr kunlari Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari “Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida “Boshqa davlatlardan elektron dalillarni soʻrash tartibi” mavzusidagi treningda ishtirok etdilar.
Kurs yakunida Bosh prokuratura akademiyasi binosida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, unda trening ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, elektron (raqamli) dalillarni saqlash va to‘plash bilan bog‘liq asosiy jihatlarni muhokama qildilar.