Amir Temur bayrog‘i – kuch, iroda va strategiyaning timsoli
Amir Temur o‘z davrining buyuk strateglaridan biri bo‘lgan. U nafaqat jang maydonida, balki siyosat va taraqqiyotda ham o‘zining chuqur tafakkuri, puxta rejalari va qat’iy pozitsiyasi bilan tarix sahnada porlagan.
Bugun bu bayroq “Cyberkent” musobaqasida yana hilpiramoqda.
Amir Temur bayrog‘i ostida bellashish – yoshlarimizga nafaqat faxr, balki mas’uliyat ham yuklaydi. Bu bayroq yoshlar qalbida buyuk o‘tmishdan kuch olishiga hamda kelajak sari intilishga undaydi.
"Cyberkent" musobaqasi – o‘z ustida ishlash, doimiy o‘sish, jamoa bilan hamkorlik demakdir. Har bir ishtirokchi ushbu bayroq ostida raqobatlasharkan, bilsinki – u tarix davomchisi, kelajak bunyodkori va zamonaviy kiberhimoyachi!