Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarga munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishida har tomonlama ko‘maklashish hamda ular bandligini ta’minlash maqsadida, mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tashkil etilgan yarmarka talaba yoshlarga tanlov asosida ish topishi uchun qulay platforma vazifasini o‘tamoqda.
Xususan, “Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari ham ishitrok etib, kiberxavfsizlik sohasiga qiziqqan yoshlarga Markaz ish o‘rinlari, undagi sharoit va talablar haqida keng tushuntirishlar berildi.
Ma’lumot uchun, mehnat yarmarkasida 10 dan ortiq tashkilotlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga ishga kirish bo‘yicha maslahat va tavsiylar berildi.