Joriy yilning 10-11 may kunlari Toshkent shahrida, Hilton mehmonxonasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda O‘zbekkosmos agentligi deb yuritiladi) hamda Britaniyaning “Dialogue Events Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda Markaziy-Yevroosiyo mintaqasidagi birinchi “Space Technology Conference STC-2022” (keyingi o‘rinlarda STC-2022 deb yuritiladi) konferensiyasini bo‘lib o‘tmoqda.
“Kosmik texnologiyalar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya davlat va xususiy sektor manfaatlari uchun texnologiyalarni qo‘llashda tajriba almashish, shuningdek, jamiyatning qiziqishini oshirish maqsadida milliy kosmik agentliklar va xalqaro kosmik hamjamiyatni, jumladan, dunyoning 20 mamlakatidan 110 ta kompaniya va tashkilotdan 200 nafardan ziyod ishtirokchini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 30 ga yaqin vazirlik va idoralarini birlashtirdi.
Ushbu tadbirda Kiberxavfsizlik markazi rahbariyati taklif etilgan hurmatli mehmonlar sifatida ishtirok etmoqda.
Konferensiya yakunida “Kosmosning barqaror rivojlanishi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish rejalashtirilgan, unda ishtirokchilar hozirda katta eʼtibor qaratilayotgan ushbu sohaning muhim masalalari, muammolari va istiqbollarini muhokama qiladilar.