Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi
Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan.
Buyuk davlat arbobi o‘zining o‘tkir aql-zakovati, noyob yetakchilik qobiliyati, harbiy mahorati bilan jahon tarixida munosib o‘rin tutadi. Sarkardaning hayot yo‘li, davlat boshqaruvi, shuningdek o‘z faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlari bir qator tarixiy asarlarda, jumladan uning “Temur tuzuklari” kitobida ham yaqqol aksini topgan.