Shu yilning 4-5 may kunlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari uchun “Konfidensial ma’lumotlarni oshkor etmaslik” va axborot xavfsizligi siyosati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirishning o‘rni (O‘z DSt ISO 27001 davlat standarti) talablariga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimi F. Xusenov axborot xavfsizligi siyosati va “Konfidensial ma’lumotlarni oshkor etmaslik” mavzusida va N. Xolmuxamedov “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish (O‘z DSt ISO 27001 davlat standarti)” mavzusida taqdimot o‘tkazishdi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga ehtiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etishi yuzasidan keng tushunchalar berildi.
Shuningdek hozirgi kunning dolzarb muammolardan biri bo‘lgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari bo‘yicha tavsiyalar to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda qizg‘in munozaralar olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.