O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda raqamli ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarning ortib borishi, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning shaxsiy huquqlariga tahdid solishi – global raqamli boshqaruv uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi hamda Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Markazimizning Idoralararo hamkorlik bo'limi bosh mutaxassisi F.Husenov ishtirok etdi. Tadbirda mazkur qonunni qabul qilishda yuzaga kelgan mavjud vaziyat, qonunning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.