O'zbekiston veb-resurslari: kiberhujumlarga urinishlar soni rekord darajada oshdi
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 12 milliondan ortiq kiberhujumni amalga oshirishga urinishlar qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yil mobaynida WAF (Web Application Firewall) tizimiga ulangan 100 ga yaqin veb-resurslarga 67 milliondan ortiq kiberhujumlarga urinishlar soni qayd etildi va bloklandi.
Kiberhujumlarning geografik tahlili shuni ko‘rsatadiki, hujumlar 160dan ortiq davlatlarning IP-manzillaridan amalga oshirilgan bo'lib, asosiy hujum turlari quyidagicha:
✔️Skaner so'rovlarini yuborish — 45 %
✔️Protokollarni majburiy qo'llash — 37 %
✔️SQL-inyeksiya — 6.57 %
✔️Cheklangan fayllarga kirishga urinish — 5.23 %

