O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash shuningdek konfidensial axborotlarni himoya qilish yuzasidan joriy yilning 26 may kuni Vazirlik binosida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK Idoralararo hamkorlik boʼlimi mutaxassislari Husenov Farrux Homidovich ““Kiberxavfsizlik to’g’risida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining mohiyati” mavzusida Ergashev Izzatilla Xayrulla o’g’li “Axborotni himoya qilishning asoslari” mavzusida maʼruzachi sifatida ishtirok etishdi.
Tadbirda Vazirlik xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida axborotlashgan zamonda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ehtiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etishi yuzasidan keng tushunchalar berildi.