O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligida “Kiberxavfsizlik to‘g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni
va mohiyati mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Markazning Idoralararo hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi F.Husenov hamda Davlat va ho‘jalik boshqaruv organlarini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Abdusalyamov ishtirok etib, mazkur qonunni qabul qilishda yuzaga kelgan mavjud vaziyat, qonunning maqsad va vazifalari shuningdek, Kibermakonda shaxs, jamiyat, va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi to‘g’risida so‘z yuritildi. Shu bilan birga axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlashga mas’ul shaxsga hamda tashkilot xodimlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ham alohida ma’lumotlar berib o‘tildi. Davra suhbati yakunida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligida “Kiberxavfsizlik to‘g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
13 Iyun 2022
Mahalliy yangiliklar
4
/ 4