Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida qabul qilindi.
Davlat gerbini qabul qilishdan oldin bir nechta variantlari taklif qilingan va ularning aksariyati hozirgi ramzimizga o‘xshagan. Rang va tasvir mukammalliklari inobatga olinib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining bir guruh rassomlari va grafik ustalari tomonidan yaratilgan gerb chizmasi ma'qullangan. Chizmaning asl nusxasi bugun O‘zbekiston Milliy arxivining alohida qimmatli hujjatlari orasida saqlanmoqda.