O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida “Kiberxavfsizlik to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.
O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida ““Kiberxavfsizlik to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni hamda 2022 yil 14 aprel kuni Prezident Sh.Mirziyoev raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishda axborot xavfsizligini ta'minlash va axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida ko'tarilgan ustuvor vazifalar” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.
Mazkur tadbirda Markazning Idoralararo hamkorlik bo'limi bosh mutaxassisi F.Husenov va Xalqaro hamkorlik bo'limi etakchi mutaxassisi S.Sultonov ishtirok etib, mazkur qonunni qabul qilishda yuzaga kelgan mavjud vaziyat, qonunning maqsad va vazifalari shuningdek, Kibermakonda shaxs, jamiyat, va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi to'g'risida so'z yuritildi.
Davra suhbati yakunida Hududiy partiya tashkilotlari xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari, “Yoshlar qanoti”, “Ayollar qanoti” va Yoshlar parlamenti a'zolari hamda partiya faollari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.