Joriy yilning 20-oktyabr kuni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari uchun O‘zbekiston Respublikasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – millatimiz timsoli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining malakali o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ular tomonidan davlat tilining rivojlanishi va bugungi kunda mamlakatimizda uning maqomini yanada yuksaltirish kerak ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan suhbat so‘nggida o‘qituvchilar tomonidan Markaz mutaxassislarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.