Joriy yilning 30-31 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Yoshlar” markazida Qoraqalpog‘iston yosh dasturchilari orasida “Hackathon” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Tadbir mamlakatimiz iqtidorli yoshlarining IT va ustuvor bo‘lgan sohalarda qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
E’tiborlisi, g’oliblar Kiberxavfsizlik Markazi qoshidagi Kiberxavfsizlik klubiga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.