”Menga sovg‘a yoki qandaydir yangilik keldi” deya o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni xavf ostida qoldirmang!
Kiberxavfsizlik markazining Uzcert xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari nomidan foydalanib, foydalanuvchilarga zararli “APK” fayl yoki noma’lum havolalar yubormoqda.
Bunday fayl yoki havolalarni ochish natijasida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va bank kartasi ma’lumotlari o‘g‘irlanib, moliyaviy zarar yetkazilishi holatlari ko‘paymoqda.
Fuqarolardan quyidagi ehtiyot choralariga amal qilish so‘raladi:
Manzili aniq bo‘lmagan yoki ishonchsiz manbalardan kelgan fayllarni ochmang!
Noma’lum havolalarni bosmang!
Hatto tanishlaringiz yoki yaqinlaringizdan kelgan xabar bo‘lsa ham, ma’lumotning haqiqiyligini aniqlamasdan turib fayl yoki havolani ochmang!
Telefon yoki kompyuterga noma’lum ilovalarni o‘rnatmang!

