Tadbirda 20 dan ortiq yirik davlat korxonalari, xalqaro konsalting kompaniyalari va boshqa soha tashkilotlari ishtirok etdi.
Soha doirasida qator taqdimotlar tinglandi. Xususan, Kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi “Davlat korxonalarida kiberxavfsizlik” mavzusidagi taqdimotda yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Seminar davomida respublikada raqamli transformatsiya yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama markazida bo‘ldi.