Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Bosh Qomusimiz yurtimizda tinchlik, barqarorlik va farovon hayotning mustahkam poydevori bo‘lib, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini asrashga xizmat qiladi. Unda jamiyatimizning ertangi kuniga ishonchi, taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari mujassamdir.
Kiberxavfsizlik markazi jamoasi Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

