Klubning navbatdagi manzili – Buxoro viloyati!
2026-yil 14-mart kuni soat 10:00 da Buxoro shahrida Kiberxavfsizlik klubi filialining ochilish marosimi bo‘lib o'tadi.
Tadbirda kiberxavfsizlik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab istiqbolli loyihalarning start olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbir doirasida Markaz mutaxassislari ishtirokida kiberxavfsizlik nazariyasi, amaliy mashg‘ulotlar hamda kibermakondagi zamonaviy tahdidlar yuzasidan davra suhbati tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Kiberxavfsizlik klubi 2023-yilda tashkil topgan bo’lib, yoshlarning sohaga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, kiberxavfsizlik bo‘yicha tajriba almashish, xorijiy ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish hamda kibermakon tuzilishi, uning ishlash tamoyillari va mavjud tahdidlar haqida bilimlarini kengaytirish maqsadlariga qaratilgan. Hozirda Kiberxavfsizlik klubi a’zolari soni 60 nafardan oshdi va Nukus, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida filiallari mavjud.

