iberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va samarali himoya choralari
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari ishtirokida "Hozirgi kunda kiberxavfsizlikning dolzarb muammolari" mavzusida interaktiv seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir avvalida Markaz mutaxassislarining “Kiberxavfsizlik sohasining dolzarb muammolari” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.
So‘ngra seminar ochiq muloqot, savol-javoblar va amaliy mashg‘ulotlar tarzida davom etdi. Maqsad – xodimlar orasida zamonaviy kiberxavflar haqida xabardorlikni oshirish, tashkilot va xodimlarning axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va real holatlar asosida himoya strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.