Kiberxavfsizlik markazi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o’rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi
Kelishuvga ko‘ra, endilikda davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsga doir ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash yuzasidan davra suhbatlari va o‘zaro muhokamalar tashkil etib boriladi.
Axborot va kiberxavfsizlik sohasiga doir yangi texnologiyalar va qurilmalarni ishlab chiqish hamda ularni sinov tariqasida tekshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishadi.