Hurmatli fuqarolar, ogoh bo‘ling!
Xabaringiz bor, 2026-yil 15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi boshlandi.
“Sizni so‘rovnomadan o‘tkazib beraman” kabi takliflarga ishonib, o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni begona shaxslarga taqdim etmang.
Ma'lumot uchun, 17 kun davom etadigan so‘rovnomada fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali “OneID” tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

