Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etishning afzalligi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-fevral kuni "Toshkent Tovar-xomashyo birjasi" AJ xodimlari uchun Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda O‘z MSt ISO/IEC 27001- Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etishning afzalligiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbir avvalida, Markaz mutaxassislarining taqdimoti tinglandi. Xususan, axborot kommunikasiya texnologiyalariga ehtiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani shuningdek, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish yuzasidan keng tushunchalar berildi.
So‘ngra Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etishning afzalligi, maqsadi va natijalari tadbirning asosiy mavzusiga aylandi. Tadbir yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Markaz mutaxassislaridan batafsil javob oldi.