O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 3 fevraldagi PQ-117-son qarori bilan tasdiqlangan qo‘shimcha dasturning 3-bandida Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirlik idoralar bilan birgalikda 2022 yilning 25 apreldan boshlab aholining barcha qatlami o‘rtasida kibertahdidlardan himoyalanishga qaratilgan ”kibergigiena kuni” hamda “Mahallamda kiberjinoyatlar bo‘lmaydi” shiori ostida ta’sirchan targ‘ibot tadbirlari Andijon viloyatida o‘z ishini boshladi.
Tadbirda IIV vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Andijon viloyati hokimligida viloyat hamda shahar-tumanlardagi korxona-tashkilotlarning rahbarlari, ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul vakillari uchun “oflayn” va “onlayn” videoselektor shaklidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat studiyasidan Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarning mas’ullari, shahar-tuman studiyalaridan esa, ushbu tashkilotlarning quyi bo‘linmalari rahbar va xodimlari jami 500 nafarga yaqin viloyatning barcha mas’ullari qatnashdilar.Tadbir ishtirokchilarga Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hozirgi kunda uchrayotgan kibertahdidlar, Internet tarmog‘idagi huquqbuzarliklar va ulardan himoyalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Shuningdek, korxona va tashkilotlarda uchraydigan kibertahdidlar va zaifliklar, zararli havola va dasturlar, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, xizmat faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ishlashda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish va ma’lumotlar bazalarining zahira nusxalarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘ngida o‘rinli savollar va takliflarga boy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.