Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “IT-xavfsizlik qalqoni. Harbiy sohaga axborot texnologiyalarini integratsiya qilishdagi muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari”, “Raqamlashtirish va apparat-dasturiy mahsulotlarni yaratishning istiqbolli yo‘nalishlari”, “Harbiy sohaga axborot texnologiyalarini integratsiya qilishdagi muammo va yechimlar” kabi mavzularda bir qator ma’ruzalar, fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.