Maʼlumki, 7 may kuni Aloqa sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar oʻz bayramlarini keng nishonlaydilar.
Shuningdek, 6 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning binosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi xodimlariga idoraviy mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur marosimda "Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasining xodimlari tantanali ravishda faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.