Microsoft kompaniyasi Microsoft Defender (avvalgi Windows Defender) Tamper Protection deb nomlangan yangi xususiyatini ishga tushirdi.
Tamper Protection-ning asosiy vazifasi Microsoft Defender-ning mudofaa qobiliyatini o'chirishga qaratilgan zararli urinishlarni blokirovka qilishdir.
Microsoft tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, Tamper Protection zararli dasturlarga quyidagi harakatlarni bajarishga ruxsat bermaydi:
- zararli dastur va boshqa tahdidlardan himoyani o'chirib qo'yishni. - Real vaqt rejimida himoyani o'chirishni. – O`zini tutish monitoringini o'chirib qo'yish.
- Microsoft Defender komponentlarini o'chirish. - Bulutdan himoyani o'chirib qo'yish. - Yangilanishlarni o'chirish. Microsoft xabariga ko'ra,
Tamper Protection shunchaki "Microsoft Defender-ni bloklaydi", bu boshqa tomon dasturlarining uning parametrlarini o'zgartirishiga to'sqinlik qiladi.
Shuningdek, ro'yxatga olish va fursatdan foydalanib antivirusning ishlashiga o'zgartirish kiritish mumkin bo'lmaydi. Yangilik Microsoft Defender-ning (Windows 10 bilan barcha zamonaviy kompyuterlarda o'rnatilgan) bepul versiyasi va Microsoft Defender Advanced Threat Protection (ATP) - korporativ tarmoqlarda topsa bo`ladigan tijorat versiyasining foydalanuvchilari uchun mavjud.
Texnogigant 2018-yil dekabrida Tamper Protection-da ishlay boshlagan. O`shanda yangi xususiyat birinchi bo'lib Windows Insider sinovchilari sinab ko'rishdi.
Kechadan boshlab, yangi himoya chorasi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.
Manbaa: https://www.anti-malware.ru/news/2019-10-15-1447/31047