Kiberhujumlar dunyodagi eng xavfli o'ntalik ichidagi kelgusi o'n yillikda tashkilotlar tayyor bo'lishi kerak bo`lgan xavf-xatarlardan biridir.
Agar kiberxavfsizlik choralari texnologik taraqqiyot bilan hamqadam bo'lmasa, tahdidlar 90 trillion dollarga tushishi mumkin.
Axborot xavfsizligi bo'yicha ko'plab tavsiyalarga qaramay, ularning qo'llanilishi sustroq. Bugungi kunda texnologik taraqqiyot bilan bog'liq muammolar yangi murakkablik va miqyosga erishdi, shuning uchun tashkilotlarda kiberxavfsizlikni ta'minlash faqatgina AX direktorining vazifasi bo'libgina qolmay balki barcha xodimlarning zimmasiga tushmoqda.
Jahon Iqtisodiy Forumining Kiberfavfsizlik markazi "Zamonaviy raqamli dunyoda etakchilar uchun kiber-xavfsizlik uchun qo'llanma" ni e`lon qildi («Cybersecurity Guide for Leaders in Today’s Digital World»),Qo`llanma strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kiberxavfsizlikni boshqarish uchun mas'ul bo'lgan kompaniyalarning rahbariyatiga yordam berish uchun mo'ljallangan.
Qo'llanma mualliflarining fikriga ko'ra, hujjat texnik jihatdan savodli va savodsiz rahbarlar o'rtasidagi farqni bartaraf etadi. Taxminan bir yillik tadqiqotlardan so'ng, unda samarali boshqarish va rejalashtirish orqali raqamli asrda kiber-tahdidlarga nisbatan chidamlilikni shakllantirish usullarini tavsiflovchi 10 ta printsip bayon qilindi.
Batafsil: https://www.securitylab.ru/news/502253.php