Mercedes-Benz avtomashinalari egalarining ta'kidlashicha, ilova masofadan turib qulfdan chiqarish, dvigatelni ishga tushirish va avtomobilning turgan joyini aniqlash, tegishli hisoblar va transport vositalarining ma'lumotlarini boshqa odamlarga etkazib turgan.
Ushbu vaziyatga duch kelgan ikki avtoulov ixlosmandlari, Mercedes-Benz ishlab chiqaruvchisining ilovasiga ulangan avtomobillar boshqa odamlarning ma'lumotlarini namoyish etganini aytishdi.
Natijada ular avtomobil egalarining ismlari, so'nggi faoliyati, telefon raqamlari va boshqa ma'lumotlarni ko'rishga muvaffaq bo'lishgan.
Shunga o'xshash dasturlarni barcha taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchilari o`zlarida rivojlantirishga harakat qilmoqda.
Ular avtomobilga ulanib uning egalariga uni topishga imkon beradi, shuningdek transport vositasini masofadan qulflaydi va qulfdan chiqaradi.
Bunga qo'shimcha ravishda, ushbu dasturlar yordamida dvigatelni o'chirib qo'yish yoki ishga tushirish mumkin.
O`z-o`zidan rivojlanish jarayoni va avtomobilning tarmoqqa ulanishi ma'lum xavfsizlik xavflarini keltirib chiqaradi.
Ilgari, zaifliklar mashinalarni masofadan turib buzishga yoki ularning harakatini kuzatishga imkon bergan.
Endi Mersedes avtomashinalari bilan bog'liq boshqa muammolar yuzaga kelndi, foydalanuvchilar avtoulov egalarining ma'lumotlarini bexosdan oshkor qilishlariga duch kelishmoqda.
Sietlning ikki nafar fuqarosi, ularning ilovalari mutlaqo boshqa odamlarga tegishli hisoblar to'g'risida ma'lumot taqdim etgani xaqida so`zlashdi.
Dastur real vaqtda notanish foydalanuvchilarning joylashuvini kuzatishga imkon bermaydi, ammo ularning so'nggi xatti-harakatlari bilan tanishish mumkin: yaqin orada qaerda bo`lganliklari, qaerga tashrif buyurganlari.
Avtomobil ixlosmandlari Mercedes-Benz vakillari bilan bog'lanishdi, ular ishlab chiquvchilar yangilangan versiyasini chiqarmaguncha dasturni o'chirib tashlashni maslahat berishdi..
Manbaa: https://www.anti-malware.ru/news/2019-10-21-111332/31093