Kiberxavfsizlik markazi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” doirasida Kiberxavfsizlik markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
➡️Tomonlar talabalar kiberxavfsizlik xalqaro sertifikatlarini olishida ko‘maklashishga, amaliyot, shuningdek ular uchun qo‘shma seminarlar, treninglar o‘tkazishga kelishib oldi.
