Kiberxavfsizlik markazi bilan Ipoteka bank OTP Group oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi
Suhbat davomida tomonlar karta firibgarligi, ma’lumotlarning sizib chiqishi hamda turli kiberhujumlar kabi tahdidlarni bartaraf etishda tizimli va samarali yondashuvlarni qo‘llash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Hamkorlik quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Kiberhujumlar bo‘yicha tezkor axborot almashinuvi;
Yangi tahdidlarni birgalikda tahlil qilish;
Ilg‘or himoya amaliyotlarini joriy etish;
Moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini kuchaytirish.

