Kiberxavfsizlik markazi bilan Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi
Joriy yilning 8-oktabr kuni “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” doirasida Kiberxavfsizlik markazi va Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
Suhbat davomida tomonlar kiberxavfsizlik hodisalarini aniqlash, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Memorandum oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor texnologiyalardan foydalanish hamda muammolarni birgalikda hal qilish boʻyicha keng imkoniyatlarni ochib beruvchi muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

