Joriy yilning 24-oktyabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” AKT haftaligi doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti o‘tkazildi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi vakillar qatnashdi. Mazkur sammitda mahalliy ekspertlarning taqdimotlari tinglandi.
Sammitda soha vakillari va faollar tomonidan davlatning raqamli transformatsiyasi va uning fuqarolar hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim masalalar, shuningdek, turli mamlakatlar va mintaqalarda raqamli hukumatlar erishayotgan muvaffaqiyatlar, duch kelinayotgan muammolar hamda imkoniyatlar muhokama qilindi.
Tadbir so‘nggida, Davlat va xo‘jalik tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, raqamlashtirish sohasiga qo‘shgan xizmatlari uchun qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Xususan, Kiberxavfsizlik markazi “Axborot xavfsizligi bo‘yicha hamkor” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.