World Wide Web Konsorsium (W3C) yangi WebAuthn autentifikatsiya standartini tasdiqladi. Ushbu standart Internetdagi akkauntlaringizni himoya qilish uchun parollardan foydalanish oʻrnini egallashi lozim.
Oʻtgan yili eʼlon qilingan WebAuthn standarti hozirda koʻplab brauzerlar, xususan Chrome, Firefox, Edge va Safari tomonidan qoʻllaniladi. Rasmiy veb-standart sifatida olgʻa surilishi uni veb-saytlar orasida ommalashtirishi kerak.
WebAuthn API-ga asoslangan interfeys boʻlib, veb-saytlarni foydalanuvchi xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻlanib, foydalanuvchi akkauntiga kirish imkonini beradi
Ushbu xavfsizlik qurilmasi sifatida kompyuteringizdagi USB portiga ulangan FIDO xavfsizlik kaliti boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, qoʻshimcha xavfsizlik darajasini taʼminlovchi yanada murakkab boʻlgan biometrik qurilma boʻlishi ham mumkin. Muhimi, WebAuthn koʻpchilik veb-saytlar uchun foydalanadigan zaif parollarga qaraganda xavfsizroq. Oʻz oʻrnida bu belgilar qatorini yod olishdan koʻra osonroq.
Endilikda W3Cdan tasdiqlangach, keyingi qadam ushbu standartni veb-saytlar va xizmatlar bilan birlashtirish boʻladi. Birinchilardan boʻlib Dropbox, keyin esa Microsoft ushbu standartdan foydalanishni boshladi. Parollardan foydalanish oʻz salohiyatini hali tugatmagan, ammo bu eʼlondan soʻng WebAuthn xavfsizlik sari muqobil qadam boʻldi.