Instagram ijtimoiy tarmog'ida kiber jinoyatchilar zararli resurslarni targ'ib qilayotgan yangi kampaniya ishini jadallashtirmoqda.
Ular yanada ishonchli chiqishi uchun rossiya shou-biznes yulduzlarining tasvirlaridan foydalanmoqdalar.
Infosecurity kompaniyasi mutaxassislarining so'zlariga ko'ra, ular sentyabr oyi boshlarida tajovuzkorlarning kiberhujumlarini qayd etishgan.
Instagram platformasida foydalanuvchilar tanlovda ishtirok etish yoki so'rovnomada qatnashishga chorlangan videolar paydo bo'la boshladi.
Go`yoki bularning barchasi uchun mukofot taqdim etiladigandek.
Firibgarlar hamma materiallarni shunday tartibga solganki, bu videolar taniqli yulduzlar nomidan e'lon qilingan edi: Timati, Sergey Lazarev, Djigan va Lera Kudryavtsevalar.
Manbaa: https://www.anti-malware.ru/news/2019-09-06-1447/30690