Avtomatik yuklab olishning bloklash funksiyasi iOS versiyasidan tashqari barcha Chrome versiyalarida ishlaydi.
Google muhandislari Chrome brauzerlarda banner va reklamalar joylashtirilgan fayllarni avtomatik tarzda yuklab olishni bloklashni rejalashtirmoqda. Shu tarzda kompaniya foydalanuvchilarni “drive-by download” hujumlaridan himoya qilish niyatida. Reklama xususida bu yuklama katta ahamiyatga ega emas. Amaliyotda bu kam uchraydigan holat va faqatgina kichik hajmdagi reklama eʼlonlari avtomatik tarzda yuklanishi mumkin.
”Reklamada yuklash katta ahamiyatga ega emas. Amaliyotda, bu kam uchraydigan holat [...] faqat oz hajmli reklama avtomatik tarzda yuklanishni boshlaydi. "ad frame ” ishga tushiriladigan va foydalanuvchi tasdigʻini talab qilmaydigan yuklamalarni taqiqlash tarmoqni xavfsizroq qiladi ”,deyiladi kompaniyaning blogida.
Googlening hujjatlarida taʼkidlanishicha, Google tomonidan reklama sifatida belgilanadigan, yaʼni kompaniya reklama deb hisoblaydigan deyarli har qanday” ad frame" iframe hisoblanadi.
Avtomatik yuklashni bloklashda, brauzer hech qanday bildirgi bermaydi. Taʼkidlanishicha, funksionallik faqat foydalanuvchi reklama banneridan foydalanmasa ishlaydi. Agar foydalanuvchi reklama tugmasini bosgan boʻlsagina brauzer avtomatik yuklab olinadi. Google mutaxassislarining fikriga koʻra, yangi funksiyalar brauzer ishlashiga katta taʼsir koʻrsatmaydi.
Avtomatik yuklashni bloklash funksiyasi Chrome brauzerning barcha versiyalarida ishlaydi, Faqat iOS versiyasidan tashqari, Sababi Chrome iOS brauzeri WebKit asosida qurilgan.