Dunyodagi birinchi domenlarni ro'yxatga oluvchisi bo`lgan Network Solutions, , 2019 yil avgust oyi oxirida uning tizimlariga ta'sir qilgan kiberhodisalar haqida xabar berdi.
Muvaffaqiyatli hujum natijasida tajovuzkorlar ba'zi mijozlarning shaxsiy ma'lumotlariga kirishga ega bo'lishdi.
2011 yildan Network Solutions kompaniyasi Web.com-ning filiali hisoblanadi.
Kompaniya o'z mijozlariga ishonchli veb-xizmatlarni taqdim qilishni va'da qildi: hosting, domen, himoya choralari,
elektron pochta xizmati va boshqalar. Ushbu oyda Network Solutions vakillari chetdan kimdur kompaniyaning
cheklangan miqdordagi kompyuter tizimlariga kirish imkoniga ega bo'lganligini bildirdi.
Natijada, ba'zi mijozlarning ma'lumotlari buzildi, ammo bank kartalari ma'lumotlari tegilmagan.
Network Solutions kiberhodisalarni tekshirish bo'yicha mustaqil kompaniyani yolladi. Shuningdek,
mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini buzish to'g'risidagi ma'lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga etkazilgan.
Bunga parallel ravishda, domen ro`yxatnomasi barcha ta'sirlangan foydalanuvchilarga bildirishnomalarni tarqatdi.
Network Solutions ma'lumotlariga ko'ra, mijozlarning quyidagi ma'lumotlari tajovuzkorlarning qo'liga tushgan: ismlar,
manzillar, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, shuningdek ulangan xizmatlar haqidagi ma'lumotlar.
Ta'sir ko`rgan foydalanuvchilarning barcha parollari tiklanadi.
Manbaa: https://www.anti-malware.ru/news/2019-10-31-1447/31184