O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-293-son qarori doirasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tanlov e’lon qilingan.
Tanlov ma’lumotlariga ko‘ra, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, o‘zining ilmiy va kasbiy salohiyati, tajribasi, ijobiy tavsifi, zarur mehnat resurslari hamda moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar Davlat xavfsizlik xizmati tanlov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etgan holda tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va loyihalarni 2025-yil 30-noyabrga qadar Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi (111500, Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod ko‘chasi, 42-uy) manziliga yuborish talab etiladi.
Aloqa uchun: (71) 259-38-55
(71) 259-38-58

