“CyberCryptUz” respublika ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 30-oktabr kuni Kiberxavfsizlik markazi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “CyberCryptUz” respublika ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (A-bino, katta majlislar zali)
Konferensiyaning asosiy mavzulari quyidagicha:
✔️Axborot va kiberxavfsizligining ijtimoiy va kadrlar tayyorlash masalasi
✔️Kriptologiya
✔️Tarmoq xavfsizligi
✔️Veb tizimlari xavfsizligi va sun’iy intellekt masalalari
Konferensiya doirasida ilmiy ahamiyati va dolzarbligi bilan ajralib turgan maqolalar “Axborot xavfsizligi muammolari” ilmiy jurnalida nashr etish uchun tavsiya etiladi.

