Axborot xavfsizligi menejment tizimi joriy qilingan tashkilotga muvofiqlik sertifikati topshirildi
Bugungi kunda har bir tashkilot uchun axborot va kiberxavfsizlikni tizimli boshqarish hamda ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 28-mart kuni “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Axborot xavfsizligi menejment tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga “O‘zMSt ISO/IEC 27001:2023” standarti talablariga muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Xalqaro standartlarga javob beradigan milliy stantdart asosida Axborot xavfsizligi menejment tizimi mamlakatimizda yagona axborot siyosatini yuritishga, korxonalarda ma’lumotlarni himoyalashga, shuningdek barcha holatlarda resurslarning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Aytish kerakki, axborot va kiberxavfsizligi ta’minlangan tashkilotlar xalqaro maydonda xorijiy korxonalarning biznes ishonchiga ega bo‘lishga hamda ular bilan kelgusida tuziladigan shartnomalar hajmini oshirishga, ayniqsa yurtimizga yanada ko‘proq investitsiyalar jalb etishga sabab bo‘ladi.