Diqqat! Bizga kiberxavfsizlik bo’yicha mutaxassis kerak
Vazifalar:
• veb-resurslarni kiberxavfsizlik hujumlariga bardoshliligini tekshirish;
• OWASP Top-10 klassifikatsiyasi bo’yicha aktual kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash;
• pentest o’tkazish;
• dasturiy mahsulotlarning manba kodlari (source code) xavfsizligini tahlil qilish.
Talablar:
• oliy texnik ma’lumot;
• veb-resurslarda zaifliklarni aniqlash bo’yicha tajriba;
• Biror bir skript tilida dasturlash qobiliyatiga ega bo’lish: Python, Perl, Bash, Powershell (boshqa tillarda tajriba ham qabul qilinadi: С/C#/C++/Java/PHP);
• Burp Suite, Hydra, SQLMap, OpenVAS, Metasploit Framework, AppScan; Acunetix, w3af, X-Spider, Nmap kabi dasturiy vositalar bilan ishlash tajribasi;
• OWASP Top 10 ro’yxatiga kiritilgan veb-resurslarga tegishli bo’lgan kiberxavfsizlik tahdidlari va zaifliklarini bilish hamda veb-saytlarni yaratish va ishlash tamoyilini tahlil qilish;
• veb-resurslarda statik kod analizi va avtomatlashtirilgan tekshiruv o’tkazish tajribasi;
Ish sharoitlari:
• qulay muhitda ishlash;
• haftada 5 ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha;
• karyerani rivojlantirish;
• munosib ish haqi.
Ma’lumotnomangizni elektron pochta manzilimiz info@csec.uz ga yuborishingizni so’raymiz.
Город
Toshkent