O'zbekiston Respublikasi hududida axborotni muhofaza qilishning qonun hujjatlari va maqsadli dasturlarining bajarilishi to'g'risida fuqarolarni xabardor qilish va maslahat berish tizimini rivojlantirish;
Aholining savodxonligini shakllantirish maqsadida manfaatdor tomonlarga axborot xavfsizligi masalalari bo'yicha maslahat berish va xabardor qilish;
Axborot xavfsizligi va axborot xavfsizligini oshirish sohasidagi kiruvchi qo'ng'iroqlar ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
Fuqarolarning qo'ng'iroqlariga tezkor javob berish tizimini tashkil etish;
Axborot xavfsizligi sohasidagi tizimli muammolarni aniqlash va tahlil qilish;
Paydo bo'layotgan axborot xavfsizligi hodisalari to'g'risida tezkor xabar berishni ta'minlash;
Internetning milliy segmentida aniqlangan hodisalar, shuningdek, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi hodisalari to'g'risida ma'lumot to'plash bo'yicha ishlarni tashkil etish;