Ma`muriy xo`jalik ta`minot bo`limi, Markaz bo`limlarida joylashgan binolarni xo`jalik xizmatlari bilan ta`minlaydi, bundan tashqari ekspluatatsiya qilingan uskunalarni sozligini nazorat qiladi;
Joriy va kapital ta`mirlashda, rejalar ishlab chiqishda, xo`jalik xarajatlari smetasini tuzishda to`g`ridan – to`gri ishtirok etadi. Binolarda ta`mirlash ishlarini tashkil qiladi va ularni sifatini nazoratni ta`minlab beradi;
Muassasalarni,bo`linmalarni va tashkilotlarni mebel, xo`jalik inventarlari, konselyariya buyumlari bilan ta`minlaydi;
Xizmat safarlariga kelgan delegatsiyalarni va shaxslarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va zaruriy xizmatlarni tashkillashtiradi. Obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlarini boshqaradi;
Xo`jalik xizmatlari orqali, yig`ilishlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarning o`tkazilishini tashkillashtiradi;
Transport vositalarini ehtiyot qismlarini va ehtiyojlarini aniqlaydi va hisob-kitob ishlarini yuritadi. Transport vositalaridan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilinishini ta`minlaydi;