Bo‘limining asosiy vazifalari
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM tomonidan №O‘ZAK.MT.0015-son guvohnoma asosida ro‘yxatdan o‘tgan Axborot xavfsizligi menejment tizimi (keyingi oʻrinlarda - AXМT)ni sertifikatlashtirish organi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat xoʻjaligi va boshqaruvi organlari hamda axborotlashtirish va muhim axborot infratuzilmasi (keyingi oʻrinlarda - MAI) obyektlarida joriy etilgan AXMTlarini O‘z MSt ISO/IEC 27001:2023 milliy standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtirish;
- davlat xoʻjaligi va boshqaruvi organlari hamda axborotlashtirish va MAI obyektlarida AXMTni ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish;
- AXMTni sertifikatlashtirish hamda axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish.