Sertifikatlashtirish organining asosiy vazifalari:
"Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasida dasturiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi (O'zstandart agentligida ro'yxatga olinganligi to'g'risida OAKZAK.MS.0004-sonli guvohnoma) har qanday dasturiy mahsulotlarni sertifikatlash va nazorat qilish sohasidagi xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etadi. Shu jumladan:
Energiya va tabiiy resurslarni (elektr energiyasi, issiqlik, gaz, neft va neft mahsulotlarining miqdori, suv), texnik, axborot, yong'inga qarshi, radiatsiya va atrof-muhit xavfsizligi tizimlarini avtomatlashtirilgan tizimlari uchun dasturiy ta'minot;
Telekommunikatsiya tarmoqlari, texnologik jarayonlar, qurilmalar, jihozlar, mashinalar va sanoat robotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari uchun dasturiy ta'minot;
Dasturiy ta'minotni himoya qilish va ma'lumotlarni tiklash;
O'yin mashinalari uchun dasturlar, birja uskunalari, virtual o'yinlar, to'lov terminallari, savdo uskunalari va boshqalarni;