Axborot tizimini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq ekspertizasi:
Tizim haqida ma’lumot to‘plash;
Axborot tizimining formalarida, bo‘limlarida zaifliklarni qidirish va shu kabilar;
Axborot tizimining dasturiy ta’minoti va servislaridagi zaifliklarni aniqlash;
Axborot tizimida va uning funksional imkoniyatlaridagi kamchiliklarni, shuningdek ma’mur (administrator) tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va boshqalarni qidirish;
Aniqlangan zaifliklar va kamchiliklarni sinov ekspluatatsiyasi bilan tekshirib ko‘rish;
Tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish bilan yakuniy tadqiqot o‘tkazish;
Ekspertiza natijalari bo‘yicha hisobnot tayyorlash.