Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishda ko'maklashish xizmati quidagilarni o'z ichiga oladi:
Аxborot xavfsizligi holati boʼyicha oʼrganish oʼtkazish
- Inventarizatsiya qilish, himoya qilish obʼektlarini aniqlash (axborot resurslari, tarmoqlar, manbalar, maʼlumotlarga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar oʼrnatilgan va ishlaydigan va muzokaralar olib boriladigan xonalar, shu jumladan maxfiy maʼlumotlar);
- Аxborot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash;
- Koʼrilgan huquqiy va tashkiliy choralarni va foydalaniladigan ximoya vositalarini baholash;
- Аxborot xavfsizligi risklarini aniqlash;
Аxborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish
- Maqsadlar va vazifalarni, himoya qilish obʼektlarini, risklarni va axborot xavfsizligiga tahdidlar modellarini belgilash;
- Аxborot xavfsizligi choralarini aniqlash va belgilash;
- Аxborot xavfsizligi siyosatiga kiritilgan hujjatlarni ishlab chiqish (nizom, yoʼriqnomalar, qoidalar, roʼyxatlar,tartib va rejalar);
- Maʼlumotlarni va axborot resurslarini tasniflash, kirish matritsalarini ishlab chiqish;