Joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida “Raqamli iqtisodiyot: Iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiyasi tashkil etildi.
Konferensiya ishida sohada faoliyat olib borayotgan mutasaddi tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalarining professor -
o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Texnik ko’maklashish markazi DUK bosh mutaxasisi F.X. Husenovlar o’z maruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov kirish so‘zi bilan ochdi.
Konferensiyada Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etib borish holati
va Raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot xavsizligiga bo’lgan zamonaviy tahdidlar haqida so’z yuritildi. Bugungi kunda axborot soxasiga alohida etibor kuchaytirilganligi sababli va
albatta biz bilgan va bilmagan taxdidlardan ximoyalanish va taxdidlarni oldini olish borasida olib borilayogan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Konferensiya davomida tinglovchilar tomonidan yo’llangan savollariga javoblar olishdi va shu bilan bir qarorda tinglovchilar bilim va ko’nikmaga ega bo’dilar.