O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti tashabbusi bilan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va shaxsiy tarkibini axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik bo'yicha bilimlarini oshirish maqsadida kiberxavfsizlik mavzularida mashg'ulotlar o'tkazilishi tizimli yo'lga qo'yildi.
Birinchi mashg'ulot davomida universitet professor-o'qituvchilari, tor doiradagi mutaxassislar hamda kursantlar “Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassisi tomonidan “Kiberxavfsizlik to'g'risida”gi qonun, kiberxavfsizlik, kibermakon va hozirgi kunda bu soha bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetida seminar-trening tashkil etildi
21 Noyabr 2022
Yangiliklar
3
/ 3