“Kiberxavfsizlik markazi” DUK va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘rtasida hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq va imzolangan Memorandum asosida o‘z vakolatlari doirasida startap, AKT, axborot himoyasi va kiberxavfsizlik sohasida kursant va pedagog xodimlarning ilmiy-tadqiqot va rivojlanish faoliyatini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadlari belgilangan.
Tadbir davomida institutda yangi laboratoriya ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kiberxavfsizlik markazi direktori O.Mirzayev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i X.Muxitdinov boshchiligida laboratoriyada olib borilayotgan ishlar, yangi loyihalar bilan tanishib chiqdilar.