“Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari 44 mamlakatning 58 dan ortiq tashkilot vakillari bilan birgalikda har yili bo‘lib o‘tadigan kiberxavfsizlik salohiyatini oshirish va axborot almashinuvi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tarmoq platformasining “7-yillik CAMP yig‘ilishi”da ishtirok etishdi.
Yillik yig‘ilish davomida xalqaro kiberxavfsizlik tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha bilim va ma’lumotlar almashish borasida Global kiberxavfsizlik markazi ishtirokchilar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazdi.
Ushbu tadbir davomida Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan Koreya xususiy kompaniyalari vakillari bilan turli ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazdi.